
Bo‘lajak chempionlar bahsga kirishdi
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida voleybol bo‘yicha U-15 yosh toifasidagi O‘zbekiston chempionati bahslari davom etmoqda.
Kecha chempionatning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan Sport vazirligi, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi va tegishli tashkilot mutasaddilari, murabbiylar mahoratli voleybolchilarni saralash yo‘lida tashkil etilayotgan musobaqa sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotida ham muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi.
Chempionatning dastlabki tur o‘yinlarida quyidagi natijalar qayd etildi:
QQR – Samarqand-2-1, Toshkent.sh – Namangan-0-2, Andijon – Navoiy-2-1, Buxoro – Sirdaryo-0-2, Qashqadaryo – Xorazm-2-0, Farg‘ona – Surxondaryo-2-0.
Mamlakat birinchiligi o‘yinlari 29 martga qadar davom etadi.
Fikrlar