
Bokschilar oktagonda jang qilmoqchi
Og‘ir vaznda WBC, WBA va WBO chempioni Aleksandr Usik ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga ajoyib poster joylashtirdi.
Unda ukrainalik va mashhur bloger Jeyk Pol MMA qoidalariga ko‘ra o‘zaro jang qilishiga ishora mavjud.
Ma’lumot uchun, Usik so‘nggi jangini 2024 yilning dekabrida o‘tkazgan va unda sobiq jahon chempioni Tayson Fyurini ikkinchi bor mag‘lub etdi. Pol esa 58 yoshli afsonaviy bokschi Mayk Tayson ustidan hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongandi.
Fikrlar