Bokschi yigitlarimiz ham U 22 Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi!

  • 26 yanvar, 2023, 16:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO
Tailand poytaxti Bangkok shahrida 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga etdi. 
 
Bugun musobaqa doirasida yigitlar o‘rtasida final bahslari bo‘lib o‘tdi. Final bahsida 10 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi. Ularning to‘qqiz nafari g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bitta bokschimiz finalda imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan yurtimizga qaytadi. Yana bitta nafar bokschimiz bronza medalini qo‘lga kiritgandi. 
 
Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo‘lishdi: 
 
Oltin: 
 
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-63,5 kg: Shahboz Yunusaliev 
-67 kg: Bekzod Hamidov
-71 kg: Nurislom Ismoilov 
-75 kg: A’loxon Abdullaev
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
-86 kg: Shohjahon Abdullaev
-92 kg: Nusrat Tohirov
+92 kg: Jahongir Zokirov
 
Kumush: 
 
-48 kg: Shodiyor Meliqo‘ziev
 
Bronza: 
 
-51 kg: Muhammadqodir Mamirjonov
 
Ma’lumot uchun, yigitlar terma jamoamiz musobaqaga 13 nafar bokschi bilan yo‘l olgandi. 
 
Eslatib o‘tamiz, kecha musobaqa doirasida qizlarimiz 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishgandi.
 
Demak, O‘zbekiston terma jamoasi U 22 Osiyo chempionatini qizlar o‘rtasida ham, yigitlar o‘rtasida ham, umumjamoa hisobida ham birinchi o‘rinda yakunladi!
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Турсунов Валибек
26/01/2023 16:32
Баракалла.Биз Киргизстонданмиз хамма уйинни томоша килдик.россичда туриб интернетдан