Boks. Terma jamoalarimiz yilning ilk mashg‘ulotini boshlashdi

  • 10 yanvar, 11:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

To‘lqin Qilichev boshchiligidagi erkaklar terma jamoamiz 7 yanvardan boshlab o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borishmoqda. Mashg‘ulotlarni bokschilarimiz Bahodir Jalolov nomidagi ixtisoslashtirilgan boks maktabida hamda Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi zalida o‘tkazishmoqda.

Tecno

Elshod Rasulov qo‘l ostidagi ayollar terma jamoamiz ham 5-18 yanvar kunlari O‘zbekiston boks federatsiyasining boks zalida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadi.

Yig‘in yakunidan so‘ng esa, 20-28 yanvar kunlariga rejalashtirilgan mamlakat birinchiligida ishtirok etuvchi sportchilar o‘z murabbiylari bilan tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini alohida tartibda olib borishadi.

Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!