
Boks nega 2028 yilgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilmadi?
Boks hozircha 2028 yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilmagan. Reuters axborot agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) Rossiyaning “Gazprom” energetika kompaniyasiga moliyaviy qaramligidan xavotirda.
"Biz chorshanba kuni kechqurun olingan moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlarga ko‘ra, IBAda hali yangi daromad manbalari yo‘q. Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasiga qaramlik saqlanib qolmoqda. Vaziyat faqat IBA tomonidan foydalaniladigan bir qator bank hisob raqamlariga joriy sharoitda sanktsiyalar qo‘llanilishi bilan yanada og‘irlashadi. Bitta tashkilotga qaramlikni yumshatib bo‘lmaydi", - dedi XOQ sport direktori Keyt MakKonnell.
Ma’lumot uchun, boks ilk bor 1904 yil Sent-Luisda o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan . O‘shandan beri ushbu sport turi faqat 1912 yil Stokgolmdagi Olimpiya o‘yinlarida dasturga kiritilmagan xolos.
Fikrlar