
Boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi final janglarini yakunlandi. Navbat qizlarga...
Ayni daqiqalarda Dubayda davom etayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining final bahslari davom etmoqda.
Hozirga kelib, o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi hal qiluvchi janglar o‘z yakuniga etdi. Final bosqichiga etib kelgan 6 nafar o‘g‘lonlarimizning uchtasi raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo chempioni maqomini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, uch nafari esa imkoniyatni boy berib qo‘ygan holda kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Jumladan, 51 kg vazndagi vaiklimiz Ahmadjon Qo‘ziboev hindistonlik Bishvametra Chongtxandan mag‘lubiyatni qabul qilib olgan bo‘lsa, -67 kgda Samandar Solijonov qozog‘istonlik Abzal Serikka imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shuningdek, -86 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Diyorbek O‘ralov ham Qozog‘iston vakili Temirlan Mukataevga mag‘lub bo‘ldi va kumush medallar bilan cheklandilar.
-71 kgda yurtimiz sharafini himoya qilgan A’loxon Abdullaev qit’a chempionligi uchun Hindiston vakili Jaydeb Ravat bilan jang qildi va muddatidan avval nokaut bilan g‘alaba qozonish barobarida chempionlikni qo‘lga kiritdi. -92 kgdagi vakilimiz Nusratbek Toxirov murosasiz kechgan jangda qozog‘istonlik Madi Amirovni mag‘lub etib, oltin medlga ega chidi. Va nihoyat eng og‘ir +92 kg vaznda Jahongir Zokirov ham Qozog‘iston vakili Daniyal Saparbaevni yaqqol ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratib, O‘zbekiston delegatsiyasiga navbatdagi oltinni qo‘shib qo‘ydi.
Hozirda qizlar o‘rtasidagi final janglari bo‘lib o‘tmoqda. Yakuniy natijalarni tez orada e’tiboringizga havola etamiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar