
"Boka Xuniors" 37 yoshli Kavani bilan shartnomani uzaytirdi
37 yoshli markaziy hujumchi Edinson Kavani "Boka Xuniors" bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirdi. Bu haqda Argentina jamoasining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali xabar berdi.
Urugvaylik futbolchi 2023 yilning yozidan buyon “Boka Xuniors” safida to‘p surmoqda. O‘tgan davr mobaynida u "Boka Xuniors" safida jami 43 ta uchrashuvda qatnashib, 20 ta gol urishga erishdi. Kavanining Argentina grandi bilan avvalgi shartnomasi 2024 yilning 31 dekabriga qadar imzolangan edi.
Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Kavanining ayni damdagi bozor qiymati 1 million evroni tashkil qiladi. U faoliyati davomida "Napoli", PSJ, "Manchester Yunayted" va "Valensiya" kabi Evropa grandlari safida to‘p urgan.
Fikrlar