Bobur Yo‘ldoshev: Chorak finaldagi raqibimizni uyimdagilardan eshitdim

  • 8 dekabr, 2020, 21:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AGMK jamoasi “Lokomotiv”ni ishonchli tarzda mag‘lub etib chorak finalga chiqdi. Endi ushbu bosqichda bu jamoani “Metallurg” kutib turibdi. Bu esa o‘ziga xos qarama-qarshilikdir.

Tecno

AGMK himoyachisi Bobur Yo‘ldoshev “Lokomotiv” bilan o‘yindagi taassurotlari va bo‘lajak raqib haqida sports.uz uchun shunday dedi:

- O‘yin biz uchun muhimligini bilardik. Chempionat bahslarida “Lokomotiv”ga yutqazgandik. Shunga yarasha yaxshi tayyorlandik. Tezkor gol urganimiz bizga ko‘proq foyda bo‘ldi. Shundan keyin “Lokomotiv” oldinga o‘tishga majbur bo‘ldi. Biz esa bundan foydalanib qarshi hujumlarda gollar urdik va kerakli natijaga erishdik.

Bazadan qaytayotganimda uyimdagilar chorak finalda “Metallurg” raqib bo‘lganini aytishdi. Hamma raqibning o‘ziga yarasha kuchi bor. “Metallurg”ni noqulayroq raqib desak ham bo‘ladi. Bu ko‘proq derbi maqomidagi o‘yin hisoblanadi. Navbatdagi uchrashuvda ham g‘alaba uchun kurashamiz. Maqsadimiz kubokni yutish, - deya fikr bildirdi, Yo‘ldoshev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!