Bobonov, To‘raboev va yana 9 dzyudochimiz "Prague European Open" turnirida ishtirok etadi

  • 25 sentabr, 21:42
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

27-28 sentyabr kunlari Chexiya poytaxti Praga shahrida dzyudo bo‘yicha Evropa Ochiq Kubogi bo‘lib o‘tadi.

Tecno

"Prague European Open 2025" turnirida dunyoning 38 davlatidan jami 435 nafar dzyudochi medallar uchun bahslarga kirishadi. Praga tatamilarida terma jamoamizning 11 nafar dzyudochisi yurtimiz sharafini himoya qiladi. Ular orasida Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari Davlat Bobonov va Muzaffarbek To‘raboev ham bor. 

Ertaga musobaqaga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

"Prague European Open 2025" da qatnashadigan dzyudochilarimiz:      

-48 kg: Halimajon Qurbonova
-52 kg: Muhayyo Ahmatova 
-57 kg: Shukurjon Aminova
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva 

-60 kg: Bahrom Boturov 
-73 kg: Zamohshari Bekmurodov 
-73 kg: Abdurahim Nutfulloev
-81 kg: Arslonbek Tojiev 
-90 kg: Nurbek Murtazoev 
-90 kg: Davlat Bobonov 
+100 kg: Muzaffarbek To‘raboev

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!