Bizga Ronaldu kerak emas!

  • 4 yanvar, 22:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda Evropa matbuotida “An-Nasr”da o‘ynayotgan Krishtianu Ronaldu Evropaga qaytishi va “Pari Sen-Jermen” portugaliyalik yulduzni o‘z safiga qo‘shib olishi haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Tecno

Bu bejiz emas, albatta. Manbalarga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu 2026 yilgi jahon chempionati oldidan Evropada to‘p tepib, sport formasini yanada yuqori ko‘tarishni maqsad qilgan.

Qolaversa, 39 yoshli futbolchining klubda ham, terma jamoa uchun ham tinimsiz gol urayotgani uning har qanday klubni kuchaytira olishidan dalolat beradi.

Biroq, so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, PSJ Ronalduni klubga olib keladigan har qanday eshiklarni yopadi. Ularga portugaliyalik yulduzning o‘zi ham, xizmati ham qiziq emas.

Nufuzli manbalardan fichajes.net saytining yozishicha, Parij klubi asosan yoshlardan tarkib topgan yangi loyihani amalga oshirishni maqsad qilgan va har qanday holatda ham  yoshi katta yulduzlarga shartnoma taklif qilinmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!