
Bizga Husanov kerak! Legionerimiz faoliyatida yaxshi o‘zgarish bo‘ladi
Abduqodir Husanov o‘ynayotgan Frantsiyaning “Lans” klubi tarkibida o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Xususan, jamoa himoyasi etakchisi Kevin Danso faoliyatini boshqa klublarda davom ettirishi ehtimoli oshib boryapti.
Futbol ekspertlaridan Per Dreossining ta’kidlashicha, avstriyalik himoyachining klub bilan yaxshi taklif tushsa, jamoadan ketishi ruxsat berilishi borasida kelishuvi bor.
Uch yildan biri “Lans” etakchi himoyachisi vazifasini bajarib kelayotgan tajribali markaziy himoyachiga Angliya Premer-ligasining “Vest Xem” va “Vulverxempton”, Italiyaning “Atalanta” kabi klublaridan jiddiy chorlovlar bo‘lyapti.
Lansliklar Kevin Dansoni 25 million evrodan kam bo‘lmagan summaga qo‘yib yuborishga qarshi emasligini bildirdi. “Lans” murabbiylar shtabi o‘zbekistonlik legioner Abduqodir Husanovni Kevin Dansoning asosiy o‘rinbosari, deb biladi. Umuman olganda, legionerimiz nafaqat avstriyalik futbolchi, balki himoyaning Jonatan Gradit, Fekundo Medina, Deyver Machado kabi boshqa tajribali vakillari uchrashuvda ishtirok etolmagan o‘yinlarda ham ularning o‘rnini munosib yopa olgan. Shunday bo‘lsa-da, 20 yoshli himoyachimiz hali “Lans”ning asosiy tarkibida muqim o‘ringa ega emas.
Shu bois, “Lans” faoliyatini yoritib kelayotgan lensois.com sayti ekspertlari “Kevin Dansoning himoyadagi etakchiligini Abduqodir Husanovga yuklash kerakmi?”, degan savolni o‘rtaga tashlab, muxlislar fikrini o‘rgandi.
Sports.uz portali frantsiyalik muxlislarning Abduqodir Husanovga asosiy tarkibdan muqim joy berish bo‘yicha bildirgan fikr-mulohazalarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.
BONDE62:
Albatta, Husanovni o‘ynatish kerak. Yo‘qsa, uni nega olib keldik?
BASS:
Har qanday holatda ham Abduqodir o‘z imkoniyatiga ega bo‘lishga loyiq.
YF:
Muammosiz o‘ynab keta oladi.
MICHE:
Ikkinlansamdan shunday qilish kerak. Bosh murabbiy Husanovdan o‘yinlarda ko‘proq foydalanish lozim. O‘tgan mavsumdagi o‘yinlar statistikasini bir qarab qo‘yishsa hammasi oydinlashadi.
Jeanou:
Husanovga imkon berish kerak. Lekin menimcha, Abduqodir Kevin Dansoga emas, Jonatan Graditga o‘rinbosar sifatida o‘zini yaxshiroq ko‘rsatdi. Markaziy himoyachi sifatida bosh bilan o‘ynashni yaxshiroq o‘zlashtirishi kerak.
FAB:
Husanov jamoaga yaxshi qo‘shilib ketdi va Liga 1 o‘yinlariga ancha moslashib qoldi. O‘tgan mavsumda har bir o‘yinidan qoniqish hosil qildik.
Tabiiyki, Abduqodir o‘yinining ayrim jihatlarini yanada yaxshilashi talab etiladi. Agar u har hafta muntaxzam tarzda asosiy tarkibda maydonga tushsa, tajribasi oshadi, darajasi ko‘tariladi va himoya chizig‘ida bir necha yil etakchilik qiladigan muhim o‘yinchiga aylanadi.
CED:
Mening fikrimcha, aslida Husanovni Dansoga o‘rinbosar sifatida olib kelishgan. O‘tgan mavsumda yaxshi ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Baribir qachondir Abduqodirga asosiy tarkibda o‘zini ko‘rsatishi uchun imkon berishimiz ga to‘g‘ri kelardi.
ROLLMOPS:
Husanovni ko‘proq o‘ynatish kerak. Himoya markazida Fekundo Medina va Jonatan Gradit ham bosh bilan yaxshi o‘ynolmaydi. Abduqodirni mana shu ikki futbolining o‘rnida o‘ynatsa ham yaxshi bo‘lardi. Lekin jamoaga bosh bilan yaxshi o‘ynay oladigan boshqa markaziy himoyachi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiya chempionatining yangi mavsumi 18 avgustdan boshlanadi. “Lans” futbolchilari ilk uchrashuvini Liga 1 debyutanti “Anje” maydonida o‘tkazadi.
Fikrlar