“Biz birgamiz, biz bir kuchmiz!” shiori ostidagi tinchlik marafoni yuqori kayfiyatda tashkil etildi

  • 21 avgust, 2022, 10:45
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Marafonga Nukus shahrida joylashgan sport ta’limi muassasalaridan 300 nafar sportchi yoshlar, oliy ta’lim muassasalaridan 250 nafar talaba yoshlar hamda Nukus shahridagi mahallalardan 200 nafarga yaqin, jami 700 nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi.

Tecno
Kuni kecha Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida “Biz birgamiz, biz bir kuchmiz!” shiori ostida 5 km masofaga yugurish marafoni o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari Abatbay Daniyarov va boshqa mas’ul rahbarlar ham ishtirok etishdi.

Tinchlik marafoniga soat 18:30da “O‘zbekiston guzari” ko‘chasidan start berildi va unda ishtirokchilar Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab Nukus shahar 1-sonli sport maktabi oldidagi finishgacha bo‘lgan masofani yuqori kayfiyatda, g‘alabaga bo‘lgan kuchli ishtiyoq bilan bosib o‘tishdi.

Belgilangan marraga o‘g‘il bolalardan birinchi bo‘lib Rashidbek Iskandarov etib keldi. Kuchli uchlikdan esa Kuatjon Abdimuratov hamda Nurmuhammad Asievlar joy olishdi. Qizlar o‘rtasida birinchi bo‘lib Anastasiya Salagub marra chizig‘ini kesib o‘tgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarni mos ravishda Shahzoda Shukurullaeva hamda Ra’no Jamg‘irbaevalar egalladi.

Marafon g‘olib va sovrindorlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan medal, diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Shuningdek, marafonda bir qator nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Jumladan, ular orasidan eng yaxshi natija ko‘rsatgan 6 nafariga velosipedlar sovg‘a qilindi.

Bundan tashqari 50 nafar qiz va 50 nafar o‘g‘il bola, jami 100 nafar yoshlarga Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan sport formalari topshirildi.

Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!