Bivol-Kanelo, G‘iyosov-Gomes, Abduraimov-Korrea jang vaqtlari va translyatsiya bo‘yicha ma’lumot (to‘liq juftliklar)

  • 7 may, 2022, 11:47
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Yakshanba tongida Amerika Qo‘shma Shtatlari Las Vegas shahrida joylashgan "T-Mobile" arenasida katta professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Anderkard bahslari shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi 1:30 dan boshlab DAZNning You Tube kanali orqali efirga uzatiladi. Unda 2-tartib raqamli jangda hamyurtimiz Elnur Abduraimov Manuel Korreaga qarshi ringga ko‘tariladi. Asosiy kard bahslari esa tongi 5:00 dan boshlab DAZN platformasida translyatsiya qilinadi. Unda Shahram G‘iyosov Kristian Gomes bilan to‘qnash keladi. Bu jang tahminan 6:00 dan so‘ng bo‘ladi. Saul Alvares va Dmitriy Bivol qarama-qarshiligi 8:00 atrofiga to‘g‘ri keladi.

Tecno

Jang oqshomi O‘zbekiston yoki Rossiya kanallari orqali efirga uzatilmaydi. Quyida to‘liq juftliklar va tomosha qilish uchun ilova keltirilgan.

DAZN platformasi orqali tongi 5:00 dan boshlab: ILOVA

Asosiy jang: Saul Alvares (57-1-2, 39 KO) - Dmitriy Bivol (19-0, 11 KO) 12 raund

8. Montana Lav (17-0-1, 9 KO) - Gabriel Valensuela (25-2-1, 15 KO) 12 raund

7. Shahram G‘iyosov (12-0, 9 KO) - Kristian Gomes (22-2-1, 20 KO) 10 raund

6. Mark Kastro (6-0, 5 KO) - Pedro Sharba (7-4-1, 2 KO) 8 raund

5. Jan Jiley (23-0-1, 18 KO) - Skot Aleksandr (16-4-2, 8 KO) 10 raund

You Tube orqali 1:30 dan boshlab: ILOVA

4. Xoselito Velaskes (14-0-1, 9 KO) - Xose Soto (15-1, 6 KO) 10 raund

3. Aleksis Espino (9-0-1, 6 KO) - Aaron Silva (9-0, 6 KO) 8 raund

2. Elnur Abduraimov (8-0, 7 KO) - Manuel Korrea (11-0, 7 KO) 8 raund

1. Fernando Molina (7-0, 3 KO) - Rikardo Valdovinos (8-1, 5 KO) 6 raund

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!