Birorta futbolchi Husanovga yaqinlasha olmadi!

  • 25 dekabr, 2024, 23:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Frantsiya kubogi doirasidagi uchrashuvda Abduqodir Husanov o‘ynayotgan “Lans” mamlakatning eng qudratli klubi PSJ futbolchilari bilan to‘qnash keldi.

Lansliklar kuchli raqibga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatdi. Ayniqsa, parijliklarning transfer nishoni bo‘lgan Abduqodir Husanov zo‘r o‘ynadi. 20 yoshli legionerimiz himoyadagi vazifalarini to‘liq bajarish bilan birga, hujumlarda ham raqib darvozasiga xavf soldi.

“Lans”ning goli o‘zbek futbolchisining zarbasidan so‘ng PSJ darvozasidan joy oldi. To‘p darvoza to‘riga tushishidan oldin Mbala Nzolaga tekkani uchun gol angolalik hujumchi hisobga yozildi. Amalda hamma ishni Abduqodir qilgandi, hatto gol nishonlashni ham.

Biroq Uill Still shogirdlari penaltilar seriyasidan imkoniyatni boy berib qo‘ydi va PSJni keyingi bosqichga o‘takazib yubordi.

Frantsiya futbolini yoritib kelayotgan nufuzli manbalardan biri LE11HDF.FR sayti “Lans”ning uchrashuvdagi eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash maqsadida muxlislar o‘rtasida an’anaviy so‘rovnoma tashkil qildi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Abduqodir Husanov katta ustunlik bilan jamoasining eng zo‘r o‘yinchisi, deb topildi. “Lans”ning biror futbolchisi ovoz jamg‘arishda o‘zbek legioneriga yaqin kela olmadi.

Natijalar quyidagicha bo‘ldi:

Abduqodir Husanov: 80%

Pshemislav Frankovski: 7%

Edrian Tomasson: 3%

Erve Koffi, Kevin Danso, Mbala Nzola: 2%

Anjelo Fuljini, Nil Al-Aynaui, Endi Diuf: 1%

Fakundo Medina, Deyver Machado: 0%.

LE11HDF.FR sayti mavsum boshidan beri “Lans”ning har bir uchrashuvida jamoaning eng yaxshi o‘yinchisini ovoz berish yo‘li bilan aniqlab keladi.

Sayt talqini bo‘yicha Abduqodir Husanov jami sakkiz bor eng zo‘r futbolchi nomini qo‘lga kiritdi. Xususan, hamyurtimiz Konfederatsiyalar ligasi doirasida “Panatinaikos”, milliy chempionatda “Monako”, “Lion”, “Nitstsa”, “Strasbur”, “Sent-Eten”, “Monpele”, “Oser” hamda Frantsiya kubogida “Pari Sen-Jermen” jamoalariga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvlarda “Lans”ning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ham biror futbolchi Abduqodirga teng kelolmaydi. Faqatgina Adrien Tomasson uchta o‘yinda jamoasining eng faol charm to‘p ustasi, deb tanlangan.

Abduqodir Husanovning yorqin o‘yinlari uning transfer summasi ko‘tarilishiga asos bo‘lmoqda. Bugungi kunda transfermarkt.world portali tomonidan  12 million evroga baholanayotgan 20 yoshli legionerimiz O‘zbekiston hamda Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisi hisoblanadi.

Fayzullaev kelajagiga oydinlik kiritildi, TsSKA kutilmagan qarorga keldi!

Husanovga katta xushxabar! Hali bunaqasi bo‘lmagan...

O‘zbek futbolchisi jamoadan ketadi, uni Evropa va er kurrasining narigi burchagida kutishyapti!

O‘zbek futbolchisi jamoadan ketadi, uni Evropa va er kurrasining narigi burchagida kutishyapti!

Abduqodir sinovdan yaxshi o‘tdi: Superklub Husanovni kutyapti!

Fayzullaev Rossiyada, Hamrobekov O‘zbekistonda yil rekordini o‘rnatdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sirojiddin Rahmatillayev
24/12/2024 12:12
Ортикча босим шоманиям мактаб мактаб якин супер лигага опкеласила
Sirojiddin Rahmatillayev
24/12/2024 12:10
Мактайвириб куз теккизворасила