
Beyl “Real”dagi raqamini topshirdi
“Real”da 2013 yildan beri 11-raqamni egallab kelgan Garet Beyl yangi mavsumda boshqa raqamda to‘p tepadigan bo‘ldi.
32 yoshli hujumchi boshlanayotgan mavsumda 18-raqamda o‘ynaydi.
O‘tgan mavsumni Garet Beyl ijara asosida “Tottenxem”da yakunlagan edi. Tajribali futbolchi londonliklar safida 9-raqamda harakat qildi.
Angliya premer-ligasida 20 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga bir juft golli pas uzatdi.
Fikrlar