
Beyl "Real" rahbariyatining g‘azabiga uchradi
"Real" rahbariyati uelslik vinger Garet Beyldan tezroq qutilmoqchi. Bu haqda Deportes Cuatro nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi terma jamoa safidan jarohat olib qaytgani va shundan keyin hatto jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan gaplashmay, to‘g‘ri sport zalga shug‘ullanish uchun ketib qolgani klub rahbariyatini g‘azablantirgan. Shundan so‘ng, madridliklar qanday qilib bo‘lsa ham, Beyldan tezroq qutilishga qaror qilgan.
Beyl “Real” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida 251 ta o‘yinda maydonga tushdi va 105 ta gol hamda 68 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “Qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar