
Bernardu muxlislardan uzr so‘radi
Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bernardu Silva jamoaning JCh-2022dan chiqib ketgani uchun muxlislardan uzr so‘radi.
Qatardagi turnirning chorak finalida portugallar Marokashga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (0:1).
"Biz juda kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik. Marokashni tabriklayman. Juda achinarli holatga tushdik. Butun bahs davomida oldinga borishimiz kerakligini his qildik va bunga ishondik, lekin qila olmadik.
Tarix yoza olmadik, mamlakatimiz uchun noyob voqelik qilish uchun shunday ajoyib imkoniyatdan mahrum bo‘lish umidsizlikdir. Barcha portugallardan uzr so‘rayman. Bu qayg‘u va umidsizlik tuyg‘usi edi", - deya Bernarduning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Record.
Fikrlar