
Benzemaning qarori Mbappeni o‘zgartirib yubordi
Kilian Mbappe va PSJ o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqanidan xabaringiz bor. Hozir tomonlar matbuotda bir-birini tanqid qilish bilan band.
Hammasiga 24 yoshli futbolchi birdaniga klub bilan kelishuvni 2025 yilgacha uzaytirmaslikni aytganidan boshlandi.
Marca nashrining yozishicha, PSJ rahbariyati Kilian Mbappe birdaniga fikrini o‘zgartirishiga Karim Benzemaning kutilmaganda “Real”dan ketishga qaror qilgani ta’sir o‘tkazdi, degan qarashni ilgari surmoqda.
Karim Madridni tark etgunicha PSJning Kilian Mbappe bilan muzokaralari bir maromda davom etayotgan edi.
PSJ xo‘jayini Nasser Al-Xelaifiy Mbappe bo‘yicha yakuniy qarorini aytgan. Agar hujumchi iyul oyining oxirigacha shartnomani uzaytirmasa, u holda boshqa klubga sotib yuboriladi.
Mbappening o‘zi kelasi mavsumni PSJda o‘tkazib, 90 million evro miqdorida sodiqlik bonus va 60 million evro maoshini olib, kelasi yoz erkin agent sifatida “Real”ga o‘tmoqchi.
Fikrlar