
Benzema "Sevilya"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Uning jarohati qanchalik jiddiy?
"Real" Madrid hujumchisi hamda "Oltin to‘p" sohibi Karim Benzema "Sevilya"ga qarshi La Liga 11-tur uchrashuvini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.
34 yoshli forvard mushaklardagi charchoq tufayli ushbu o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi. Uning qachon safga qaytishi hozircha aniq emas.
Joriy mavsumda Karim La Liga doirasida jami 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 marotaba raqiblar darvozasiga yo‘l topgan.
Ma’lumot o‘rnida, "Real"ning "Sevilya"ga qarshi uchrashuvi tunda soat 00:00da start oladi.
Fikrlar