
Benzema: “Men bunday futbolchi bo‘lishni umuman xohlamayman”
“Real Madrid”ning sobiq hujumchisi hisoblangan Karim Benzema hozirgi futbolda yuz berayotgan bir qiziq vaziyatlar bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Hozirgi kunda futbol o‘yinchilar 90 daqiqa davomida yomon o‘ynab turib, bellashuvning so‘nggi daqiqalarida gol uradigan bo‘lsa, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisiga aylanib ketmoqda. Bu orqali ko‘plab o‘yinchilar o‘yinning diqqat markazida bo‘ladiganlar orasiga kirishmoqda. Shaxsan men esa bunday futbolchilar sirasiga kirishni hech qachon xohlamaganman ham, xohlamayman ham” - dedi frantsiyalik yulduz.
Ma’lumot o‘rnida, Benzema hozirda Saudiyaning “Al-Ittihod” safida harakat qilmoqda. Karim hozirgi jamoasida 18 ta to‘qnashuvda ishtirok etib, 16 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 8 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar