
Benzema "Liverpul"ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlamaslik ehtimoli bor!
Anchelotti Benzemani "Liverpul"ga qarshi uchrashuvda zaxirada qoldirishi mumkin.
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti chorshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi doirasida "Liverpul"ga qarshi o‘yinda hujumchi Karim Benzemani asosiy tarkibga kiritmaslik haqida o‘ylamoqda. "Real" "Enfild"da o‘tkazilgan birinchi o‘yinda 5:2 hisobida g‘alaba qozongan edi, frantsiyalik forvard esa dubl qayd etgandi.
"Evening Standard" nashri xabariga ko‘ra, hali Benzema jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lmagan, shu bois "qirollik klubi ustozi "Liverpul"ga qarshi o‘yinda Benzemani xavf ostida qolirmoqchi emas.
Xabaringiz bor, o‘yindan bir necha kun o‘tgach, Anchelotti shogirdlari La Liga doirasida "Barsa"ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar