
Bellingemning jamoadoshi uni "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishiga ishonadi
Angliya terma jamoasi futbolchisi Lyuk Shouning fikricha, Jud Bellingem "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishi kerak.
- Albatta, u ajoyib mavsum o‘tkazdi. Chempionlar Ligasi va La Ligada g‘alaba qozondi, tez orada bu ro‘yxatga Evroni ham qo‘shamiz. Nega yo‘q?, – dedi Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" himoyachisi.
Eslatib o‘tamiz, Garet Sautgeyt boshchiligidagi Angliya "Evro-2024" yarim finalida Niderlandiyaga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar