
"Bellator"dagi ilk o‘zbekning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi
Xabaringiz bor, bir necha kun avval “Bellator”da o‘z janglarini o‘tkazadigan yurtdoshimiz Zarruh Adashev, ushbu promoushen tashkil qilgan jang kechasida okean orti vakili Tevin Daysni texnik nokautga uchratgan edi.
Ma’lumki, yurtdoshimiz “Bellator”da erkin agent sifatida faoliyat yuritadi. Ya’ni u boshqa turnirlarda ham ishtirok etishi mumkin. Shuning uchun, u navbatdagi jangini “Combat at the Garden” turnirida navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Bu promoushen kikboksing bo‘yicha turnirlarni tashkil etadi. 6 dekabr kuni Zarruh o‘zi egalik qilib turgan 61.235 kg qadar bo‘lgan vazn toifasidagi ISKA (International sport kickboxing association) chempionlik kamarini himoya qiladi.
Hamyurtimiz mazkur turnirning markaziy jangida mezbon Devisga qarshi jang olib boradi.
Ma’lumot uchun, ushbu jang AQShda mashhur “Madison Square Garden” arenasida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar