“Bellator”dagi ilk o‘zbek

CHERY AUTO

- Zarrux jannatmakon O‘zbekistondan salomlar!

Tecno

-  Assalomu alaykum. Avvalo, barcha yurtdoshlarimizni kechroq bo‘lsada, “Iyd ul -Fitr” ayyomi bilan muborak etaman. To‘g‘risi,  Vatanimni juda sog‘indim.

-  Mamlakatimiz MMA tarixida o‘ziga xos o‘rin oldingiz. Bundan xabaringiz bormi?

- “Bellator” da jang o‘tkazayotganim bo‘lsa kerakda.

- Albatta. Faqatgina jang o‘tkazish emas. Birinchi o‘zbek jangchisi bo‘ldingiz. Keling ushbu promoushenda javlon urayotganingiz tarixi bilan o‘rtoqlashsangiz?

-  “Glory” da navbatdagi jangimni o‘tkazayotganimda “Bellator” prezidenti o‘sha erda bo‘lgan va harakatlarimni bevosita kuzatgan. Keyin, promouterim Lou Neglia va murabbiyim Artyom Saxakyanga “Bellator”ga o‘tsin deya taklif bergan. Buni xursandchilik bilan qabul qilganmiz.

- O‘z-o‘zidan yana savol tug‘iladi. Anchadan buyon ushbu jangovar sport turlarini yoritib boraman. Lekin siz haqingizda umuman o‘sha “Glory” va “Bellator”da jang o‘tkazganingizga qadar ma’lumotga ega bo‘lmaganman. MDH davlatlari promoushenlari tashkil qiladigan jang kechalarida umuman oktagonga chiqmagansiz?

47375052_1300142056794608_7590582911531745280_n

- Albatta, 2012 yil “Grin-Kart” yutib olib, AQShga kelganman. Sportdagi faoliyatim shu erda boshlangan. Dastlab,  “Combat at the capital”, “Battle of millenium”, “Road to glory”  va “Glory kickboxing” promoushenlari tashkil qiladigan janglarda havaskor va professionallar o‘rtasida ishtirok etib keldim. 2013 yildan profidagi faoliyatimni boshlaganman. Shuning uchun, men haqimdagi ma’lumotga ega emasligingiz tabiiy.

-  To‘g‘rikuya, lekin AQSh ga boriboq sportchi bo‘lib qolmagandirsiz... Balki, yoshlikdan poydevor bo‘lgandir?

- Albatta, Samarqandda 1997 yildan boshlab,Ikrom Jalilov qo‘l ostida qo‘l jangi bilan shug‘ullanganman.

- “Bellator” bilan qanday shartnomaga egasiz?

- “Independent contractor” ya’ni erkin agentman. Agar, “UFC” dan taklif bo‘lsa, bemalol o‘tib ketishim mumkin. Shunisi maqul. Chunki, - 57 kg vazn toifasida jang olib boraman. Bu vaznda ushbu promoushenda kamar yo‘q.  “UFC” da esa bor.

- Aynan mazkur promoushenda nechta jang o‘tkazishga ulgurdingiz?

- Ikki bor, Kristian Media va Ron Leonga qarshi. Har ikkisida ham g‘alaba qozona oldim.

- Avvalo, jangchi uchun sparring partnyorlar juda muxim rol o‘ynaydi. Bu borada muammolar yo‘qmi?

- Aslo, balki omadim kulgan desam ham bo‘laveradi. Misol uchun, Zabit Magommedsharipov bilan ham sparring ishlab turamiz. Lekin asosan Marlon Moraesh bilan ishlayman. Bu sportchi ertaga jang o‘tkazadi va MMA olamida juda mashhur.

57486179_1397647627044050_1755336709920260096_n

Odatda, “Ivareli-fast and sad” musiqasi ostida chiqib kelasiz. Balki, “Bellator” oktagonlarida ham o‘zimizning musiqa va ashulalar yangrab qolar?

- Shubhasiz, bu borada o‘zimning aniq bir xulosamga ega bo‘lganman. Ya’ni Shahriyorning “Vatanim” qo‘shig‘i ostida chiqib kelish niyatidaman. Chunki, Vatandan olisdamiz, garchi har yili borib tursam ham sog‘inchim juda kuchli bo‘ladi. Balki, shungadir bu ashula juda yoqadi.

- Navbatdagi jangingiz qachon?

- Aslida, 14 iyun kuni o‘tkazishim kerak edi. Lekin muqaddas “Ramazon” oyidagi amallarimni bajarayotganim tufayli janga yaxshi tayyorgarlik ko‘ra olmasdim. Shuning uchun, jangni qoldirdim. “Bellator”dagi jangimni sanasi aniq emas. Lekin, tez orada “Glory 8 Man Tournament” turniriga taklif etilganman. Bu musobaqa shunisi bilan qiziqki, jahonning vazn toifasidagi eng kuchli kikbokschisi bir kunda bitta kamar uchun ringa chiqishadi. Darvoqe, bu turnirda -62 kg vaznda jang olib boraman. Nasib qilsa, bu turnirni yutib, yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarishga harakat qilaman.

- Tushunishim bo‘yicha erkin agentlar boshqa promoushen janglarida ham ishtirok eta olar ekanda?

- Xuddi shunday.

-“Glory” da yana bir hamyurtimiz faoliyat yuritadi...

- Bilaman va taniyman. Anvar aka Boynazarov. Uni bu erda ham yaxshi bilishadi.

Ahmadbek EShMATOV suxbatlashdi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!