
Belbog‘li kurash. Farg‘onada kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi
Joriy yilning 4-6 may kunlari Farg‘ona shahridagi "Samo" nomli sport majmuasida belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur chempionatda mamlakatimizning barcha hududlaridan polvonlar ishtirok etishi kutilmoqda. Ta’kidlash joiz, ushbu bellashuvlarda erkaklar belbog‘li kurashning erkin va klassik yo‘nalishlarida 8 ta vazn toifasida, ayollar erkin yo‘nalishda 5 ta vaznda g‘oliblik uchun kurash olib borishadi. Shuningdek, mazkur musobaqada g‘olib sportchilar 20-25 may kunlari Jizzax shahrida o‘tadigan Osiyo chempionatiga ishtirok etish yo‘llanmasiga ham ega bo‘lishadi.
Farg‘ona viloyat belbog‘li kurash federatsiyasining ijrochi direktori Miranshoh Ro‘zievning bizga bergan xabariga ko‘ra, hozirda musobaqani munosib tarzda o‘tkazish uchun "Samo" sport majmuasi shay holatga keltirilgan.
Fikrlar