
Belarus chempionati. Yaxshiboev gol urdi, "Energetik-BGU" g‘alaba qozondi
Bugun Belarus chempionatida 7-tur o‘yinlari start oldi. Hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev hamda Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan "Energetik-BGU" klubi bu tur "Smolevichi"ga qarshi bahs olib bordi va 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Umarov 61-daqiqada zaxiraga olingan bo‘lsa, Yaxshiboev bugungi bahsda to‘liq 90 daqiqa maydonda faol harakat qildi.
Shu tariqa, "talabalar" hisobidagi ochkolar soni 12 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
18:00 "Smolevichi" - "Energetik-BGU" 0:2
Gol: Tve (17), Yaxshiboev (90+6 penaltidan)
"Smolevichi: Filtsov — Butarevich, Aleksandrovich (Alibekov, 78), Jevnerov (sardor), Rashenya — Kotov — Po, Makarov, Barsukov, Jigero (Veras, 68) — Muhamedov (Turik, 60).
Zaxira: Gomelko, Bondarenko, Щegrikovich, P.Sadovskiy, Lazovskiy.
"Energetik-BGU": Lesko — Svirepa, Shkurdyuk, Sokol — Musaxanyan (Sovpel, 56)— Yudchits (Bakich, 62), Nosko (sardor), Tve, Mavatu — Yaxshiboev, Umarov (Girs, 61).
Zaxira: Makavchik, D.Sadovskiy, Atemeng, Miroshnikov.
Ogohlantirishlar: Kotov, 20, Rashenya, 34, Turik, 90 - Svirepa, 70, Girs, 88.
Chetlatishlar: Kotov, 87 (ikkinchi sariq) - Svirepa, 84 (ikkinchi sariq).
Fikrlar