
Belarus chempionati. Shahzod Ubaydullaev super gol urgan bahsda jamoasi jangovar durang o‘ynadi (video)
Belarus chempionatining 24-turidan o‘rin olgan "Energetik-BGU" hamda "Vitebsk" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga etdi. Mazkur uchrashuvda jamoalar 2:2 hisobida jangovar durangga imzo chekdi.
"Talabalar" safida harakat qilayotgan legionerlarimiz Bobir Abdixoliqov va Shahzod Ubaydullaev bahsni asosiy tarkibda boshladi. Doniyor Abdumannapov esa jarohati sababil bellashuvni o‘tkazib yubordi. Ubaydullaev jamoasining ilk goliga mualliflik qildi. 42-daqiqada hujumchi akrobatik usulda gol urishga erishdi.
Ma’lumot uchun, "Energetik-BGU" ayni damda 28 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. 6-pog‘onada joylashgan "Vitebsk" hisobida esa 34 ochko mavjud.
Fikrlar