
Belarus chempionati. "Energetik-BGU" markaziy o‘yinda mag‘lub bo‘ldi
Bugun Belarus chempionatida 12-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev hamda Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan "Energetik-BGU" klubi bu tur safarda "Shaxtyor" Soligorsk jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan uchrashuvda mezbonlar minimal hisobda g‘alabaga erishdi. Har ikkala hamyurtimiz bellashuvni asosiy tarkibda boshladi, Umarov ikkinchi bo‘lim avvalida zaxiraga olingan bo‘lsa, Yaxshiboev 90 daqiqa maydonda faol harakat qildi.
Shu tariqa, "talabalar" hisobidagi ochkolar soni 22 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalida 4-o‘ringa tushib ketdi. Minskliklar o‘zlarining kelgusi bahsini 14 iyun sanasida autsayder "Belshina"ga qarshi o‘tkazadi.
Belarus chempionati. 12-tur
22:00 "Shaxtyor" Soligorsk - "Energetik-BGU" 1:0
Gol: Lisakovich (12)
Fikrlar