Bekxemning klubi o‘z tarixidagi ilk transferlarni amalga oshirdi

  • 27 iyul, 2019, 09:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyalik afsonaviy futbolchi Devid Bekxemga tegishli bo‘lgan "Inter Mayami" klubi o‘z tarixidagi dastlabki transferlarni amalga oshirdi.

Tecno

AQSh klubi o‘z safiga 2 nafar argentinalik futbolchi - Xulian Karranso (hujumchi) va  Matias Pellegrinini (vinger) qo‘shib oldi. Ta’kidlash kerakki, "Inter Mayami" Karransoning transferi uchun 5 mln evro, Pellegrini uchun esa 9 mln evro sarfladi.

Endi ushbu futbolchilarning har ikkalasi ham 2020 yilning 31 yanvarigacha, ya’ni "Inter Mayami" MLSdagi ishtirokini boshlashiga qadar o‘z klublarida ijara asosida to‘p surib turishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!