“Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi

  • 28 aprel, 2024, 11:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu mavsum “Bayer”ni engadigan jamoa topilmayapti. Bundesliganing 31-turida “Shtutgart” futbolchilari 90+6-daqiqagacha hisobda 2:1 hisobida oldinda borib, baribir g‘alabani ushlab qola olmadi.

Tecno

“Bay–Arena”dagi o‘yin yakunishi arafasida Andrix mezbonlarni mavsumdagi ilk mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Shu tariqa, “Bayer” barcha turnirlardagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 46 ta uchrashuvga etkazib oldi. Bu XXI asrda Evropadagi rasmiy o‘yinlarda o‘rnatilgan yangi rekord sifatida qayd etildi.

Avvalgi rekordk ko‘rsatkich Zagrebning “Dinamo” jamoasiga tegishli bo‘lib, 2014-2015 yillar davomida Xorvatiya klubi 45 ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriya ko‘rsatgan edi.

Bundesliga chempionligini muddatidan oldin qo‘lga kiritgan leverkuzenliklar o‘z natijalarini yaxshilash imkoniga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
28/04/2024 13:25
23 ёшлилар ўртасидаги Осиё Кубоги ҳақида, Осиё давлатлари Спорт нашрлари нималарни ёзишмоқда? Ҳалигача бу ҳақда, бирор маълумот бера олмадинглар. Нуқул ҳамма биладиган хабарларнинг сарлавҳасини ўзгартириб, такрорлайверасилар.