
"Bavariya"ning 33 yoshli yangi bosh murabbiyi nimalar dedi?
1 iyuldan “Bavariya”da ish boshlaydigan “RB Leyptsig” ustozi Yulian Nagelsmann Myunxen klubiga o‘tayotgani haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“RB Leyptsig”ni qadrli xotiralar bilan tark etaman. Bu ajoyib jamoa. Klub menga ulkan imkoniyatlar va eng yaxshi ish sharoitlarini taqdim etdi. Bu erda ishlaydiganlarning barchasi jamoamiz uchun ko‘plab ishlar amalga oshirganimizga guvoh bo‘lishdi. Men bundan judayam faxrlanaman.
Ammo ketish vaqti keldi. "Bavariya"ning taklifi meni o‘ziga jalb qilganini yashirmayman. Shuning uchun men Oliver Mintzlaffga va "RB Leyptsig"ning qolgan rahbarlariga echim topgani va Myunxen klubiga o‘tishimga imkon bergani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman”, - dedi 33 yoshli mutaxassis.
Yulian Nagelsmann bundan avval 3 yil davomida “Xoffenxaym”ga ustozlik qilgan.
Fikrlar