"Bavariya" yulduziga kutilmagan klub qiziqmoqda

  • 1 mart, 19:14
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Joshua Kimmix Ispaniya chempionatiga yo‘l olishi mumkin. TodoFichajes nashrining xabariga ko‘ra, 30 yoshli futbolchiga "Real Sosedad" klubi qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Ispaniya jamoasi Kimmixni erkin agent sifatida qo‘lga kiritmoqchi, uning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi iyun oyining oxirida yakunlanadi. "Real Sosedad" Joshuani yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Martin Subimendining o‘rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Joriy mavsumda Kimmix Bundesligada 23 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va beshta golli uzatma amalga oshirdi. U 2015-yilning yozidan buyon "Bavariya" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!