
“Bavariya” yanvarda o‘z safiga 7 futbolchini qo‘shib oladi
“Bavariya” rahbariyati qishki transferlar davrida jamoa tarkibini kuchaytirishni rejalashtirgan. Myunxenliklar bir necha futbolchini nishonga oldi.
Bundesliga chempioni yozda Harri Keyn, Rafael Gerreyro, Konrad Laymer va Kim Min Chjeni transfer qilgandi.
Bosh murabbiy Tomas Tuxel klub xo‘jayinlarini yangi transferlarga ko‘ndirdi.
Bild nashrining yozishicha, myunxenliklar Martin Subimendi (“Real Sosedad”), Ronald Arauxo (“Barselona”), Jorjio Skalvini (“Atalanta Bergamo”), Arnau Martines Lopes (“Jirona”), “Joau Palinya (“Fulxem”), Kleman Langle (“Aston Villa”), Rafael Varan (“Manchester Yunayted”) kabi o‘yinchilarga qiziqmoqda.
Klub mutasaddilari bu futbolchilarni Myunxenga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishi kerak bo‘ladi.
Fikrlar