"Bavariya" vingeri "Barselona"ga qarshi o‘yin oldidan safga qaytdi

  • 22 oktabr, 2024, 09:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Forvard Jamal Musiala "Barselona"ga qarshi o‘yinga qadar tiklanishi mumkin.

Bundesliga doirasidagi "Shtutgart"ga qarshi o‘yinni mushaklar bilan bog‘liq muammosi tufayli o‘tkazib yuborgan yarim himoyachi chorshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi o‘yinida ishtirok etish uchun astoydil harakat qilmoqda, deb xabar beradi jurnalist Florian Plettenberg.

Bosh murabbiy Vensan Kompani unga mazkur o‘ta muhim bellashuvda imkon bermoqchi. Ammo boshlang‘ich tarkibdami yoki zaxiradan o‘yinga tashlagan holdami, bunisi ma’lum emas.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!