"Bavariya" va Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi

  • 8 oktabr, 2019, 19:35
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Bavariya" klubi va Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qildi.

"Vaqt keldi! Men faoliyat olib borgan jamoalarga minnatdorchilik bildiraman: "Bavariya", "Manchester Yunayted", "Chikago Fayr" va Germaniya terma jamoasi.

Va albatta An Ivanovich va mening oilamga qo‘llab-quvvatlaganlari uchun rahmat aytaman," - deb yozdi Shvaynshtayger.

35 yoshli futbolchi "Bavariya" bilan 8 marotaba Bundesliga go‘libi bo‘lgan va 7 marta Germaniya kubogini qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari 2 marta Superkubok va yana 2 marta Liga Kubogi g‘olibi bo‘lgan.

Chempionlar Ligasi, Evropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati musobaqalarida ham bir marotabadan chempion bo‘lgan.

MYu safida germaniyalik futbolchi Angliya Kubogini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Germaniya terma jamoasi bilan jahon chempionatida 2 marta uchinchi o‘rinni egallagan va 2014 yili jahon chempioni nomiga sazovor bo‘lgan. Terma jamoa bilan Evropa chempionatlarida bir marta ikkinchi va yana bir marta uchinchi o‘rin sohibi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
08/10/2019 20:14
Ӯххӯ ками қомапти