
"Bavariya" "uchar" himoyachisi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi
Myunxenning "Bavariya" klubi chap qanot himoyachisi Alfonso Devis klub bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.
Myunxen klubi kanadalik futbolchi bilan yangi shartnoma imzolashni yaqin kelajakdagi asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgiladi. Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, "Bavariya" imkon qadar tezroq shartnoma tuzishni istamoqda va muzokaralar olib borilmoqda. "Real" Madrid 22 yoshli futbolchiga e’tibor qaratmoqda, ammo transfer borasida hali ish boshlamagan.
Devisning "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilda yakuniga etadi. Joriy mavsumda shimoliy amerikalik mudofaa vakili myunxenliklar bilan 38 ta uchrashuvda qatnashib, 3 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar