"Bavariya" futbolchisi "Milan"ni qiziqtirib qo‘ydi

  • 27 mart, 2019, 17:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Serj Gnabri "Milan"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “rossonerilar” skautlari 23 yoshli nemis futbolchisini Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Gollandiya – Germaniya uchrashuvida kuzatib borishgan. Ta’kidlash kerakki, shu kuni u ushbu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. Gnabrining transferi “Milan”ga kamida 50 mln evroga tushadi.

Ma’lumot uchun, Gnabri joriy mavsum “Bavariya” safida jami 31ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!