“Bavariya” chempiondan yuz o‘girdi

  • 14 avgust, 2024, 16:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” Bundesligadagi iqtidorli va tajribali o‘yinchilarni yig‘ib olish amaliyotiga katta e’tibor beradi.

Tecno

O‘tgan mavsumda “Bayer” chempionatni mag‘lubiyatsiz yakunlab, oltin medalga ega chiqdi. Leverkuzenliklarning g‘alabasiga himoyachi Jonatan Ta ham katta hissa qo‘shdi.

Myunxen super klubi tajribali himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘rdi. Yozgi transferlar mavsumining boshida “Bavariya” 28 yoshli hujumchi bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgandi. Biroq klublar badal puli miqdorida bir to‘xtamga kela olmadi.

Endi “Bavariya” Ta uchun kurashdan chiqqani ma’lum bo‘ldi. Bosh murabbiy Vensan Kompani jamoaning boshqa himoyachilari, xususan, Matteys de Ligt va Nusser Mazraui boshqa klublarga o‘tib ketgan taqdirda ham Ta xizmatidan foydalanmaydigan bo‘ldi.

 Jonatan Taning “Bayer” bilan kelishuvi kelasi yoz tugaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!