
"Bavariya" "Barselona" yoki "Real" futbolchisini qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi
"Bavariya" qishgi transfer oynasi vaqtida himoya chizig‘ini kuchaytirish niyatida.
Bild nashriga ko‘ra, myunxenliklar "Real" himoyachisi Alvaro Odriosoleni ijaraga olishni rejalashtirishmoqda. Joriy mavsumda La Ligada 4 ta o‘yindagina maydonga tushgan futbolchi nemis klubi uchun asosiy nomzod bo‘lib qolmoqda.
Shuningdek, "Bavariya" "Barselona" himoyachisi Nelson Samedu nomzodini ham ko‘rib chiqmoqchi.
Oldinroq, myunxeniklar "Borussiya"da ijara asosida to‘p surayotgan Ashraf Xakimiga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar