"Bavariya" "Ayaks"ning bir yo‘la ikki futbolchisini sotib oladi

  • 11 may, 2022, 18:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Ayaks" futbolchisi Nussair Mazraui "Bavariya" bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda taniqli jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi. 

Tecno

Manbaga ko‘ra, himoyachi allaqachon tibbiy tekshiruvdan ijobiy o‘tgan. Rasmiy xabar tez orada e’lon qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek, Amsterdam klubining yana bir vakili Rayan Gravenberx ham Germaniya chempionlari tarkibiga borib qo‘shilishi aytilmoqda. Ushbu ikki iqtidor egasi myunxenliklar bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann va klub boshqaruv raisi Oliver Kan bilan telefondagi suhbatdan so‘ng shunday qarorga kelgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!