BATE bosh murabbiyi Shahboz Umarovning o‘yiniga baho berdi

  • 24 yanvar, 2021, 18:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

BATE bosh murabbiyi Aleksandr Lisovskiy "Isloch"ga qarshi kechgan o‘yinda debyut qilgan hamyurtimiz Shahboz Umarov haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

Tecno

"Uning qadami qutlug‘. Bunday futbolchilar ilk uchrashuvdayoq ajralib turadi. Umarov yaxshi yigit va bundan-da samarali harakat qilishga qodir.

U chapda o‘ynaydimi yoki o‘ngda? Bu muhim emas. Shuni ta’kidlash kerakki, raqibning himoyasida 2003 yilda tug‘ilgan futbolchi harakat qildi va Shahboz qanday qarshilikka uchraganini aniqlash kerak. O‘ylashimcha, birinchi bo‘limda "Isloch" himoyasida nisbatan tajribaliroq futbolchilar to‘p surgan edi. 

Shunday ekan, hali uning o‘yinlarini baholashga erta. U iqtidorli futbolchi va maydonda o‘zgacha fikrlaydi. Bu juda muhim", - dedi Lisovskiy.

Eslatib o‘tamiz, Shahboz Umarov "Isloch"ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushib, jarima zarbasidan chiroyli gol kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!