
Bartomeuning ketgani Messining “Barsa”da qolishi uchun etarlimi?
Lionel Messi bilan munosabatlariga sovuqlik tushgan Jozep Bartomeu klub boshqaruvidan ketdi. Uning lavozimini muddatidan oldin topshirishida Messi bilan mojarolashgani ham rol o‘ynadi.
Ayni paytda “Barselona” muxlislari Lionel Messi jamoadan ketish haqidagi fikrini o‘zgartirishini kutishmoqda.
Kataloniya klubi rahbarining nomi kelasi oyda ma’lum bo‘ladi. Prezidentlik kursisini kim egallashidan qat’i nazar, uning birinchi galdagi vazifasi qishki transferlar mavsumi ochilgunicha Leo bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishish bo‘lib qolaveradi.
Fikrlar