
"Barselona"ning yozgi transferlar oynasidagi nishonlari ma’lum
"Barselona" yozgi transfer oynasidagi maqsadlarini belgilab oldi. Bu haqda "Relevo" nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, kataloniyaliklar sport direktori Deku yuqori ligalarda o‘zini ko‘rsatgan tajribali qanot hujumchisini izlamoqda. "Barselona" bir nechta taniqli futbolchilar nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Mazkur transfer "ko‘k-anorranglilar"ga 60-70 million evroga tushishi mumkin. Shuningdek, klub ikkala qanotda ham o‘ynashga qodir bo‘lgan yarim himoyachini jamoaga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Hozircha "Barselona" kelasi yozda transferlar uchun qancha mablag‘ sarflashi mumkinligini aniq bilmaydi - byudjet moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilinishiga bog‘liq bo‘ladi.
Bundan tashqari, rahbariyatning rejalari joriy mavsumda unvonlarni qo‘lga kiritish orqali o‘zgarishi mumkin.
Fikrlar