
"Barselona"ning yana bir futbolchisida Covid-19 aniqlandi
“Barselona” himoyachisi Samyuel Umtitida koronavirus aniqlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 26 yoshli frantsuzda kasallik alomatlari mavjud. Ammo u hozir o‘zini yaxshi his qilyapti va o‘z uyida karantinda bo‘lib turibdi.
Endi Umtiti bilan aloqada bo‘lgan jamoaning barcha a’zolari qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkaziladi. Bundan avvalroq esa kataloniyaliklarning boshqa bir himoyachisi Jan-Kler Todiboda ham Covid-19 aniqlangan edi.
Todibo ham, Umtiti ham jamoa bilan birga Lissabonga kelmagan.
Fikrlar