"Barselona"ning yana bir futbolchisi yapon klubiga o‘tishi mumkin

  • 25 iyul, 2019, 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Joriy yoz "Barselona" bilan shartnomasi yakunlangan himoyachi Tomas Vermalen faoliyatini Yaponiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli belgiyalik futbolchi "Vissel Kobe" klubiga ko‘chib o‘tadi. Ta’kidlash kerakki, ayni damda ushbu jamoada Andres Inesta va David Vilya kabi “ko‘k-anor ranglilar”ning sobiq yulduzlari to‘p surishadi.

Ma’lumot uchun, Vermalen “Barselona” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida bor yo‘g‘i 53ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!