"Barselona"ning bankrot bo‘lishiga Grizmann aybdor?!

  • 6 oktabr, 2021, 20:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sport nashrining yozishicha, "Barselona" 2019 yilda frantsiyalik hujumchi Antuan Grizmanni kreditga sotib olgan.

Tecno

Manbaga ko‘ra, klub bitimni moliyalashtirish uchun investitsiya fondidan 85 million va bankdan 35 million evro qarz so‘ragan. Qayd etilishicha, aynan shu operatsiya yakunda Kataloniya klubi iqtisodini barbod qilgan.

"Barselona" bosh direktori Ferran Reverter ushbu transferning ba’zi tafsilotlarini aytib berdi.

"Grizmann bilan shartnoma imzolanishga qaror qilingan kechada, ular transfer uchun pul yo‘qligini bilishgan. Keyin esa shoshilinch ravishda 85 million evro beradigan fondni qidirishgan", - deydi Reverter.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Grizmanni 2019 yilning yozida “Atletiko”dan 120 mln evroga sotib olgan edi. U “Kamp Nou”da o‘tgan 2 yillik faoliyatidan so‘ng shu yil yozda ijara asosida yana “Atletiko”ga qaytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!