“Barselona”ni yo‘q qilishmoqchi!

  • 14 dekabr, 2023, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” hujumkor futbolchisi Ferran Torres jamoasining Chempionlar ligasi guruh bosqichi so‘nggi turida “Anterpen”dan 2:3 hisobida yutqazganiga munosabat bildirdi.

Tecno

- Biz bosh murabbiy Xavi va uning g‘oyalariga oxirigacha bo‘ysunamiz. Murabbiyni tanqid qilish oson, maydonda esa, faqat futbolchilar o‘ynaydi.

“Barselona”ni bosimlar bilan yo‘q qilishmoqchi, ular bizni asabiylashishga majbur qilyapti. Mana shu palladan boshlab, biz vaziyatni o‘zgartirishga bel bog‘ladik.

Tashqaridan juda ko‘p shov-shuvlar ovoza qilinyapti, biz mana shu holatda yashashga majburmiz, - dedi Ferran Torres.

“Barselona” so‘nggi turdagi mag‘lubiyatga qaramay, guruh bellashuvlarini birinchi o‘rinda yakunladi va bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!