
"Barselona"ga Angliyadan murabbiy kelishi mumkin
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Barselona" ustoziga aylanishi mumkin. Bu haqida RAC1 nashri xabar bermoqda.
Kataloniyalik klubi prezidentligi uchun nomzodini qo‘yayotgan Joan Laporta Artetani jamoaga olib kelish haqida o‘ylamoqda. O‘tgan mavsumda "Arsenal"ni qabul qilib olgan mutaxassis murabbiylik ishini "Manchester Siti"da Xosep Gvardiola yordamchisi sifatida boshladi.
Ayni damda Ronald Kuman boshqaruvidagi jamoa La ligada 53 ochko bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda.
Fikrlar