
"Barselona" yozda qaysi futbolchilar bilan xayrlashadi?
"Barselona" yozgi transferlar vaqtida turli chiziqdagi to‘rt nafar o‘yinchidan voz kechmoqchi.
AS nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar yangi kelgan futbolchilar uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida yirik transferlarni amalga oshirmoqchi emas. Gap bitta himoyachi, bir yarim himoyachi va ikkita hujumkor o‘yinchini boshqa klublarga jo‘natish haqida ketayapti (faqat hozirgi tarkib a’zolari nazarda tutilgan, ijarachilar bundan mustasno).
Ta’kidlanishicha, klub Jordi Albani sotmaydi. Himoyachilardan Erik Garsiya “qurbon” qilinishi mumkin.
"Barsa" qanot yarim himoyachilari Ansu Fati va Ferran Torres bilan ham xayrlashishga tayyor. Biroq Fati masalasida rahbariyatda turli qarashlar bor. Torres bo‘yicha asosiy muammo esa uni zararga kirmaslik uchun qanday qilib 35 million evroga sotishdan iborat.
Bundan tashqari, kataloniyaliklar yarim himoyachi Pablo Torreni ijaraga berish niyatida.
Fikrlar