"Barselona" Yamalning shartnomasini tezroq uzaytirmoqchi, sababi...

  • 23 yanvar, 21:14
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" rahbariyati hujumchi Lamin Yamalning shartnomasini uzaytirish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda "Diario Sport" nashri ma’lum qildi.

Tecno

Avvalroq, "Barselona" Lionel Messi bilan yuz bergan vaziyatni takrorlamaslik uchun Yamalning yangi shartnomasini uzoq muddatli va progressiv qilishni maqsad qilmoqda. Ya’ni har yili futbolchi maoshini oshirib borishni rejalashtirmoqda, degan xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda "ko‘k-anorranglilar" moliyaviy muammolar tufayli argentinalik hujumchining yangi shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkaza olmagan edi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsum Yamal barcha musobaqalarda 26 ta o‘yinda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Ispaniyalik yosh yulduzning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!